Farg‘ona bozoridagi janjal ortidan sakkiz kishi jazoga tortildi
Farg‘ona shahar savdo majmuasida tartibbuzarlik keltirib chiqarganlar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 24 iyul kuni shahar markazidagi bozorda tadbirkor va bozor ma’muriyati xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga kelgan edi.
Ushbu holat yuzasidan Milliy gvardiya hamda IIB hodimlari tomonidan, ularga nisbatan MJtKning 183-, 194-moddasi 1-qismi tartibida hujjatlar rasmiylashtirib, qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Farg‘ona shahar sudiga yuborildi.
Sud, ma’muriy ish materiallarini har tomonlama o‘rganib chiqib, Farg‘ona shahar savdo majmuasida faoliyat olib boruvchi 4 nafar savdogar, D.N, D.O, Sh.Q, O.I,larga hamda 4 nafar bozor ma’muriyati xodimlari, F.Sh, O.M, Z.X, J.T, larga MJtKning 194-moddasi 1-qismi tartibida jarima jazosi tayinladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter