Yevro-2024. Ispaniya — to‘rt karra Yevropa chempioni!
Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati yakuniga yetdi: finalda Ispaniya Angliyani mag‘lub etib, to‘rtinchi marta qit’ada tengsiz bo‘ldi.
Final Berlindagi «Olimpiashtadion»da o‘tkazildi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida Niko Uilyamsning goli ispanlarni oldinga olib chiqdi — 1:0.
Odatdagidek 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Koul Palmer gol urishi uchun atigi daqiqa o‘tdi, uning uzoqdan yo‘llagan zarbasi darvoza uzoq burchagidan joy oldi — 1:1.
O‘yinning taqdirini zaxiradan tushgan Oyarsabal 86-daqiqada kiritgan gol hal qildi — 2:1.
Biron marta Yevropa chempioni bo‘lmagan Angliya ketma-ket ikkinchi Yevro finalida alamli mag‘lubiyatga uchradi, Ispaniya o‘z tarixida 4-marta qit’a chempioni bo‘lib, rekordchiga aylandi.
Yevro-2024. Final
Berlin, «Olimpiashtadion», 14-iyul
Ispaniya — Angliya 2:1
Gollar: 1:0 — 47 Uilyams, 1:1 — 73 Palmer, 2:1 — 86 Oyarsabal.
Ispaniya: Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman (Nacho, 83), Kukurelya, Fabian Ruis, Rodri (Subimendi, 46), Olmo, Uilyams, Yamal (Merino, 89), Morata (Oyarsabal, 68).
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Gexi, Shou, Rays, Foden (Touni, 89), Bellingem, Maynu (Palmer, 70), Saka, Keyn (Uotkins, 61).
Ogohlantirishlar: Keyn (25), Olmo (31), Stounz (53), Uotkins (90+2).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter