Jahon boyliklarining 47,5 foizi 1,5 foiz aholi qo‘lida
Dunyodagi dollarli millionerlar soni 58 mln nafarga yetdi — eng boy kishilar sayyoramiz aholisining 1,5 foizini tashkil etmoqda.
Solishtirish uchun: Italiyada hozir 58,9 mln kishi yashaydi.
Yuqoridagi diagrammadan ko‘rish mumkinki, eng ko‘p millionerlar AQShda yashaydi — 22 mln nafar yoki jami millionerlarning 38 foizi. Undan keyingi o‘rinlardagi yetti mamlakat millionerlari sonini qo‘shsa ham buncha chiqmaydi.
Ana shu 1,3 foiz millioner-aholi jahon boyliklarining 47,5 foiziga egalik qilmoqda. Ko‘rsatilgan barcha raqamlar rekord (yangilangan natijalar) va kelgusida yanada kattalashib boradi, deyishmoqda ekspertlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter