Jahonning yetakchi avtobozorlari ma’lum bo‘ldi
Avgust oyida jahon avtobozorida 6,89 mln dona yengil va yengil tijoriy mashina sotildi, ko‘rsatkich oldingi oyga nisbatan 3,5 foiz pasaydi, deb xabar berdi GlobalData konsalting kompaniyasi.
O‘tgan oy 1,97 mln dona avtomobil sotilgan Xitoy dunyo bozori yetakchisiga aylandi. AQShda esa bu davrda 1,43 mln dona yengil mashina xaridorlarini topdi.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida 0,76 mln, Sharqiy Yevropada 0,36 mln dona avtomobil sotilgan.
Dilerlar Yaponiyada 0,33 mln, Janubiy Amerikada 0,26 mln, Kanadada 0,16 mln, Janubiy Koreyada 0,13 mln dona avtomobil sotishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter