Davlat mulkini ijaraga berishdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
Joriy yil 19-iyun kuni qabul qilingan O‘RQ-933-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunbuzarliklarga oid qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining ob’yekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to‘sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto‘g‘ri ko‘rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish:
- mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:
- mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter