Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari ob-havo qanday o‘zgarishi mumkinligi e’lon qilindi

Dam olish kunlari ob-havo qanday o‘zgarishi mumkinligi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi.

Faqat 19-oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20- oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 20-oktyabrga kelib kechasi 10-12 darajani, kunduz kuni 25-28 darajani tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 3-8 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kunduzi 18-oktyabrda 20-22 daraja, 19- oktyabrda kechasi 6-8°, kunduzi 23-25°, 20-oktyabrda kechasi 9-11°, kunduzi 25-27° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring