Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chorvachilikka davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi

Chorvachilikka davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi

Foto:«Gazeta.uz»

«Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»  Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, kengash chorvachilik sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati korxonalari hamda chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi.

Qarorga muvofiq:

- chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik bo‘yicha loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard so‘mgacha miqdordagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga kompensatsiya yoki kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi;
- tadbirkorlarga ekvivalenti 20 milliard so‘mdan oshmaydigan xorijiy valyutadagi kreditlar uchun tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizigacha, lekin 4 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi.

Shuningdek, 2020-2022-yillarda davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:

- chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga:
• respublikada faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan sotib olingan har bir bosh qoramolga 1 million so‘m miqdorida;
• xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida;

- «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasiga a’zo bo‘lgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklarga:
• intensiv usulda yetishtirilgan bir tonna baliq mahsuloti uchun 1 million so‘m miqdorida;
• O‘zbekiston hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million so‘mgacha bo‘lgan xarajatlarining 50 foizi miqdorida;

«Parrandasanoat» uyushmasiga a’zo bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 9 ming so‘mini qoplash uchun.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring