Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiqindidan qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kunlik muddat beriladi

Chiqindidan qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kunlik muddat beriladi

Quyi palata majlisida chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yangi to‘lov mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasida iste’molchiga chiqindi xizmati uchun qarzdorlikni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlardan qarzdorligi yuzasidan qisqa xabar (SMS) orqali iste’molchi xabardor qilingandan keyin besh kunlik muddat berilishi belgilandi. Shundan so‘nggina, qarzdorlik bartaraf etilmaganda elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklashga qaratilgan huquqiy normalar tatbiq etiladi.

Ushbu qonun loyihasida iste’molchilar huquqlariga rioya etish kafolatlarini to‘la mustahkamlanib, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishga ixtisoslashgan tashkilotlar to‘lovlarning haqqoniy va to‘g‘ri hisoblanishi uchun javobgar bo‘lishi, mazkur talablar buzilgan hollarda iste’molchiga yetkzilgan zarar qoplanishi belgilab qo‘yildi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring