Chaqaloqlar o‘limi holati prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda
Samarqand viloyatida 20-29 kunlarida 4 nafar chaqaloq o‘limi sodir bo‘lgan. Viloyat hokimligida shu masala muhokama qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, fevralning so‘nggi o‘n kunligidagi chaqaloqlar o‘limi bilan bog‘liq holatning ikki nafari Oqdaryo tumanida va bir nafardan Nurobod va Urgut tumanilarida ro‘y bergan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tibbiyot birlashmalari rahbarlari, oilaviy shifokorlar, patronaj va doya hamshiralarning holatlar bo‘yicha hisoboti tinglangan.
Prokuratura organlari tibbiyot xodimlari qo‘ygan tashxislar va go‘daklar o‘limi sabablari, mas’ullarning harakati yoki harakatsizligi masalalarini o‘rganishga kirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter