Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodagi yetti obida Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olindi

Buxorodagi yetti obida Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olindi

Foto: Madaniy meros agentligi

Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros ob’yektlari Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olinib, sertifikatlar topshirildi.

2022 yilning 3-6 iyul kunlari ICESCO bosh qarorgohida (Marokash) ICESCO islom olamining 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiyada Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros ob’yektlari Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olinib, sertifikatlar topshirildi.

Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasiga tegishli sertifikatlar ICESCO Bosh direktori Salim Al Malik tomonidan taqdim etildi.

«Yurtimiz tarixiga oid obidalarning CESCO ro‘yxatiga olinishi boy madaniy merosimizni butun dunyoga targ‘ib etishda, xususan, Islom olamida madaniyatimiz yanada tanilishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston hududi tarixan Islom rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘lka hisoblanadi», deyiladi Madaniy meros agentligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring