Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘cha direktorlari uchun o‘rinbosarlar tayinlanadi va maoshiga ustama beriladi

Bog‘cha direktorlari uchun o‘rinbosarlar tayinlanadi va maoshiga ustama beriladi

2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq to‘lash shartlarini saqlab qolgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

Bu haqda «Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmonida belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, hujjat bilan barcha tuman (shahar)larda kamida bittadan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlaridan malakali trenerlar guruhi shakllantiriladi.

Trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o‘rinbosarlariga esa lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.

Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, 2026-2027 o‘quv yilidan boshlab maktabga tayyorlov guruhlarini bitirgan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida elektron sertifikat berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring