Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda ota va o‘g‘li is gazi sabab vafot etdi

Bekobodda ota va o‘g‘li is gazi sabab vafot etdi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida ota va uning o‘g‘li is gazidan vafot etdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18-oktyabr kuni soat 22:00 larda «Mustaqillik» MFYda yashagan fuqaro D.T. o‘z uyida turmush o‘rtog‘i R.T. va voyaga yetmagan farzandi F.I.lar bilan birga shu uyning yotoqxonasida uxlagan.

Ertasi kuni soat 8:00 larda fuqaro E.B. (marhumning amakisi) yotoqxonaga kirgan vaqtida xona is gazidan hidlanib ketgani, 43 yoshli jiyani D.T. va 12 yoshli nevarasi vafot etgani, kelini R.T. esa karaxt holatda ekanini ko‘rgan.

Bekobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhum ota-bolaning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida sodir bo‘lgan. Tuman tibbiyot birlashmasi bemor R.T. noma’lum etiologiya gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanganini ma’lum qilgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring