Farg‘onadagi xonadondan 51 yoshli erkak va uning ikki farzandining jasadi chiqdi
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1 mart kuni Besharik tumani Obodon ko‘chasida yashagan 1973 yilda tug‘ilgan erkak va uning ikki nafar (12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li) farzandi yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Ko‘zdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlangan.
Hozirda marhumlarning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter