AQShda bolalarga oid jinsiy zo‘ravonlik materiallarini saqlagan o‘zbekistonlik 19 yilga qamaldi
AQShning Florida shtatida smartfonida bolalarga oid jinsiy zo‘ravonlik materiallarini mamlakat hududidga olib kirishga uringan 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 19 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sudlanuvchi S.Nuriyev o‘tgan yilning 26-sentyabrida o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Nuriyev 2022-yil 13-yanvar kuni AQShdan Florida shtatining Orlando shahridan O‘zbekistonning Toshkent shahriga jo‘nab ketgan. 2022-yil 20-fevralda u O‘zbekistonning Toshkent shahridan Florida shtatining Orlando shahriga qaytib keladi.
Nuriyev AQShga qaytib kelganidan so‘ng, mamlakat bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati agenti uning uyali telefonini tekshiradi va telefondan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik tasvirlarini topadi.
Tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvlari natijasida aniqlanishicha, Nuriyev xorijda bo‘lganida, u internetda o‘zini 12 yoshli bola sifatida ko‘rsatib, voyaga yetmagan qizlarni o‘zlarining shahvoniy suratlarini jo‘natishga jalb qilgan.
«Bu AQSh adliyasi tomonidan 2006 yil may oyida o‘sib borayotgan bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasi va zo‘ravonligiga qarshi kurashish uchun ishlab chiqilgan «Xavfsiz bolalik» loyihasi doirasidagi ishlardan biridir.
Qo‘shma Shtatlar prokuraturasi va Bolalar ekspluatatsiyasiga qarshi kurashish boshqarmasi boshchiligidagi ushbu loyiha bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilgan shaxslarni topish, ushlash va jinoiy javobgarlikka tortish hamda qurbonlarni aniqlash va qutqarish uchun federal, shtat va mahalliy resurslarni safarbar qilib keladi», – deyiladi Qo‘shma Shtatlar prokuraturasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter