Andijonda o‘quvchilarini kaltaklagan direktor ishi o‘rganilyapti
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Qoraqalpoq mahallasida joylashgan 38-maktab direktorining maktab o‘quvchilari bilan tarbiyaviy suhbat jarayonida ulardan ikki nafarini bir necha bor urgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, voqeani o‘rganish bo‘yicha Boshqarmaning ishchi guruhi tuzilgan va o‘rganish yakunlariga ko‘ra batafsil ma’lumot berish rejalashtirilmoqda.
«Shu o‘rinda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi zo‘ravonlikning har qanday turini keskin qoralagan holda, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarida pedagogik etika qoidalariga rioya etish zarur ekanligini ma’lum qiladi», – deyiladi Boshqarma munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter