Afg‘oniston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun to‘lovlarni kamaytirdi
Afg‘oniston o‘zbekistonlik yuk tashuvchi mashinalar haydovchilaridan o‘z hududida undiriladigan yig‘imlar miqdorini umumiy hisobda 6 500 afg‘oniy (taxminan 99 AQSh dollari)ga kamaytirdi. Bu haqda O‘zbekiston transport vazirligi xabar berdi.
Jumladan:
- Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun avval 12 000 afg‘oniy (taxminan 182 AQSh dollari) miqdorida undiriladigan yig‘im joriy yil 28 sentyabrdan 7 000 afg‘oniy (taxminan 106 AQSh dollari);
- Afg‘onistonga yuk avtotransport vositasining kirishi uchun avval 5 000 afg‘oniy (taxminan 76 AQSh dollari) miqdorida undirilgan yig‘im 3 500 afg‘oniy (taxminan 53 AQSh dollari) etib belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter