Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Adliyaga qo‘shimcha huquqlar berilyapti

 Adliyaga qo‘shimcha huquqlar berilyapti

Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan Adliya vazirligiga qo‘shimcha huquqlar berilyapti.

Unga ko‘ra, vazirlik intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda xulosa berish huquiga ega.

Shuningdek, tashkilot kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash bo‘yicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazadi va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qo‘yadi hamda yo‘q qiladi.

Intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan esa tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring