Abdusalom Azizov chegarani ko‘zdan kechirdi (foto)
Kecha, 17-may kuni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov hamda Qirg‘iziston davlat xavfsizlik milliy qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev bilan uchrashdi. Bu haqda «KNews.kg» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida maxsus xizmatlar rahbarlari vertolyotda o‘zbek—qirg‘iz chegarasining Jalolobod viloyati Ola-buqa tumanidagi belgilanmagan qismini ko‘zdan kechirgan. Shuningdek, tomonlar turli masalalar bo‘yicha fikr almashgan va tegishli qaror qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 5 may kuni o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasida otishma sodir bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter