2025-yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi
«2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-1011-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Qonun 2025-yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
2025-yil uchun birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2025-moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
2025-yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
2025-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
- mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.
Qonun 2025-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter