Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2024-yilda NATOning Yevropadagi a’zolari va Kanada mudofaaga $485 mlrd sarfladi

2024-yilda NATOning Yevropadagi a’zolari va Kanada mudofaaga $485 mlrd sarfladi

Foto: Report

2024-yilda NATOning Yevropadagi a’zolari va Kanada mudofaaga $485 mlrd sarfladi. NATO bosh kotibi Mark Ryuttu bu haqda Bryusselda o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 20 foiz o‘sgan.

Ryutte NATOning barcha mamlakatlarida 2025-yilda ushbu yo‘nalishda investitsiyalar oshirilishi kutilayotganini aytdi.

«(NATO mamlakatlariga) yuklama teng taqsimlanishi uchun qo‘shimcha mablag‘lar zarur», — deya ta’kidladi alyans bosh kotibi.

Solishtirish uchun: AQSh 2025-yil uchun tasdiqlagan mudofaa budjeti 895 mlrd dollarni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring