Toshkent shahar IIBB energetika vazirining shikoyat arizasini rad etdi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan shikoyat arizasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Bu haqda iqtisodchi-bloger o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
«Boshqarma qaroriga, xususan, AOKAning Energetika vaziri shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi hamda shikoyatga sabab bo‘lgan post yozilganiga 1,5 yildan ko‘p vaqt o‘tganligi asos qilib ko‘rsatilgan.
Ichki ishlar organlariga mazkur ish yuzasidan o‘tkazilgan tezroq surishtiruv va harakatlar uchun fuqaroviy tashakkur bildiraman», – deb yozib qoldirgan Bakirov.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval vazir iqtisodchining telegram kanalidagi postlarning birida haqorat va obro‘sizlantirish holatlarini ko‘rgan va shu sabab yuqoridagi tashkilotlarga shikoyat kiritgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter