Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ShHT MATT Kengashining navbatdagi majlisi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi

ShHT MATT Kengashining navbatdagi majlisi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrida Qirg‘iziston raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining 43-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston vakolatli organlari delegatsiyalari hamda ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. ShHT Bosh kotibi majlisda faxriy mehmon sifatida qatnashdi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashiga ShHT MATTning 2024 yildagi faoliyati yuzasidan hisobot-ma’ruzasi va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida ekstremistik mafkuraga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi loyihasi kelishib olindi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashi yig‘ilishida quyidagilar tasdiqlandi:

ShHT MATT Kengashi qarorlarini amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ShHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlari va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasining 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha ShHTga a’zo davlatlarning hamkorlik dasturini 2024 yilda amalga oshirish yakunlari bo‘yicha ishi;

internet tarmog‘idan terroristik, separatistik va ekstremistik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish amaliyotini davom ettirish bo‘yicha kelishuv.

Shuningdek, Qirg‘izistonda ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari chegara xizmatlari rahbarlarining 11-majlisini, Belarusda ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlarining qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlarini hamda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar va O‘zbekistonda terrorizmga qarshi kurashish va xalqaro hamkorlik sohasida kuzatuvchi davlatlar hamkorligiga bag‘ishlangan 11-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi faoliyatining tashkiliy, kadrlar va moliyaviy ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

ShHT MATT faoliyatini rivojlantirish va ShHTga a’zo davlatlar vakolatli idoralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun bir guruh ShHTga a’zo davlatlar vakolatli idoralari xodimlari va ShHT MATT mansabdor shaxslari Kengash sertifikati va ShHT MATT esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi faoliyatiga ijobiy baho berildi.

ShHT MATT Kengashining navbatdagi majlisini Qirg‘iziston Respublikasi hududida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring