Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid buzib tashlangan – Bosh prokuratura

Samarqandda XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid buzib tashlangan – Bosh prokuratura

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand viloyatidagi XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlanganligi hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz ta’mirlanganligi aniqlangan. Ushbu xatti-harakatlar oqibatida esa yodgorliklarga jami 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Kushoq ota» masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd, Urgutdagi «Ahmad Yassaviy» va «Hoji O‘rinboy» masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Samarqand tumanidagi «Kulba» arxitektura yodgorligi ruxsatsiz ta’mirlanganligi natijasida 10,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring