Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Homiylik xayriyalarida yig‘ilgan pullarni «begonalashtirish» taqiqlanishi mumkin

Homiylik xayriyalarida yig‘ilgan pullarni «begonalashtirish» taqiqlanishi mumkin

Parlament Quyi palatasi qonunchilikdagi homiylik faoliyatiga doir tartiblarni o‘zgartirish haqidagi qonun loyihasini taqdim qildi.

Unga ko‘ra, «Homiylik to‘g‘risida»gi O‘RQ–96-son qonunga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Jumladan, kelgusida homiylik mablag‘larini bevosita yig‘ish o‘zi va qarindoshlaridan tashqari begona kishilarga taqiqlanishi mumkin.

Ya’ni, mazkur qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxs homiylik xayriyalarini faqat o‘zi yoki yaqin qarindoshlari uchun o‘zlarining bank hisobvaraqlariga yoki shaxsiy bank kartasiga pul o‘tkazish, naqd pul yoki mol-mulk shaklida yig‘ishga haqli bo‘ladi.

Ko‘ngillilar esa homiylik oluvchilar manfaatida faqat e’lon berish orqali homiylik xayriyalarini yig‘ishga ko‘maklashishi mumkin. Shuningdek, istisno tariqasida, ko‘ngillilar tomonidan homiylik xayriyalari homiylik oluvchi jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari nomlariga ochilgan bank hisobvaraqlariga yoki shaxsiy bank kartalariga pul o‘tkazish yoki ularga bevosita naqd pulni (mol-mulkni) berish, shuningdek, homiylik oluvchi yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o‘tkazish yoki ularga mol-mulkni berish orqali yig‘ilishi mumkin.

Jismoniy shaxslar tomonidan homiylik oluvchilar manfaatida homiylik xayriyalari yig‘ilishiga hamda pul yig‘ish uchun o‘zlariga tegishli bo‘lgan bank hisobvaraqlari va bank kartalari raqamlari haqida e’lon berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qayd etilishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzishning oldini olishga, homiylik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashga hamda homiylik tashkilotlariga nisbatan fuqarolarning ishonchi ortishiga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring