Devorlarga ishlangan mozaikalar madaniy meros sifatida tan olindi
Hukumat qarori bilan respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan 160 ga yaqin mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi.
Bu ro‘yxatga kiritilgan ob’yektlar mavjud bo‘lgan turar joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
Qaror bilan Kadastr agentligiga devorlarga ishlangan mozaika kompozitsiyalarini davlat kadastriga kiritish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter