Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli kinorejissyor tuzalmas dardga chalindi

Taniqli kinorejissyor tuzalmas dardga chalindi

Foto: Reuters/Mario Anzuoni

Gollivud rejissyori Devid Linch tuzalmas dardga chalinganini, film suratga olgan taqdirda ham, faqat masofadan ishlashi mumkinligini ma’lum qildi. Rejissyor koronavirusni yuqtirib olishdan cho‘chiyapti. Uning intervyusidan iqtiboslarni The Guardian va Independent e’lon qildi.

«Menda uzoq chekishdan emfizema paydo bo‘ldi, o‘zimga yoqadimi-yo‘qmi, endi uyga bog‘lanib qolganman. Ko‘chaga chiqa olmayman. Ozgina yura olaman, xolos, uyog‘iga havo yetishmaydi», — yana film suratga olishni istaysizmi degan savolga 78 yoshli rejissyor shunday javob berdi.


Devid Linch — «Oskar», «Oltin palma yaprog‘i» va «Oltin sher» mukofotlari sohibi, zamonaviy seriallar yo‘nalishiga katta ta’sir ko‘rsatgan «Tvin Piks» serialini suratga olgan. Shuningdek, «Fil-odam» (1980), «Dyuna» (1984), «Malholland Drayv» (2001) kabi filmlari bilan mashhur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring