Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimining tegishli qarori bilan Mirzayev Manuchehr Boborahimovich Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

M.Mirzayev tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Avvalroq Alisher Xidirov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring