Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident farmoni: 541 nafar shaxs afv etildi

Prezident farmoni: 541 nafar shaxs afv etildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 541 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 374 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 110 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 18 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 39 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 36 nafarini chet el fuqarolari, 136 nafarini ayol, 75 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring