Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti viloyat aholisi ob-havo sabab ogohlantirildi

Olti viloyat aholisi ob-havo sabab ogohlantirildi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, ayrim hududlarda joriy yilning 20-25-mart kunlari yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi kutilmoqda

Shu sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan: 

- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida; 

- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida; 

- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida; 

-Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida,

- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi); 

-Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi. 

 Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘ralgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring