Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mart oyidan yuk mashinalarining Toshkentda harakatlanishiga cheklov kiritiladi

Mart oyidan yuk mashinalarining Toshkentda harakatlanishiga cheklov kiritiladi

Foto: Xabar.uz

Prezidentning «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi. 

Mamlakatimizda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning salbiy oqibatlarini yumshatish doirasida:

a) 2024-yil 1-martdan boshlab:

- hududlarda chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish, yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan hamda sog‘lig‘i havoning ifloslanishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan boshqa fuqarolarni zarur profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

- o‘lchami 500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonlarida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etiladi;

- Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlansin. Bunda, ushbu cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmasligi belgilanmoqda;

b) 2030-yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida «YeVRO – 5» va undan yuqori standartlariga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi.

Mazkur bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib tegishincha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A.Abduxakimov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B.Zakirov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov) va Transport vazirligi (I.Maxkamov) belgilandi.

27. Keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan «Avtomobilsiz kun» jamoatchilik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanmoqda.

Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali namuna ko‘rsatib boradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring