Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

CRPT TURON va ENERGY DRINKS ASSOCIATION hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar

CRPT TURON va ENERGY DRINKS ASSOCIATION hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar

Central Asia Retail Week 2024 Xalqaro elektron tijorat va chakana savdo forumi doirasida alkogolsiz tetiklashtiruvchi ichimliklar (energetiklar) ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishga bag‘ishlangan maxsus sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiya yakunida «CRPT TURON» istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi va «ENERGY DRINKS ASSOCIATION» yuridik shaxslar birlashmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Maxsus sessiyada O‘zbekiston Respublikasi texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi kabi davlat idoralari ekspertlari, shuningdek, Qozog‘iston va Rossiyadan spikerlar hamda mahalliy bozorda mashhur alkogolsiz (energetik) ichimliklar — Red Bull, Gorilla, Flash Up va boshqalarni namoyish etuvchi yirik riteylerlar ishtirok etdi.

Mutaxassislar alkogolsiz tetiklashtiruvchi ichimliklar (AIT) xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar, amaldagi reglament va standartlar, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish tartibini muhokama qildilar, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyadagi AIT bo‘yicha vaziyat bilan tanishdilar. Tartibga soluvchi davlat organlari vakillari ishlab chiqish bosqichlarida normativ hujjatlar loyihalarini muhokama qilish borasida Energetik ichimliklar assotsiatsiyasi va biznes bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

RAQAMLI MARKIROVKA DIQQAT MARKAZIDA

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasida raqamli markirovka tizimini joriy etish va ichimliklar va suvni markirovkalashni to‘liq yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keyingi sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratildi. Soliq qo‘mitasi vakillari aholi orasida alohida talabga ega bo‘lgan, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarining xavfsizligi va shaffofligini aniq nazorat qilishni talab qiladigan mahsulot segmentida texnologik yangiliklarning muhimligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Ushbu blokni mamlakatda «ASL BELGISI» mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatish milliy tizimini ifodalovchi CRPT TURON hamda Energetik ichimliklar assotsiatsiyasi (ENERGY DRINKS ASSOCIATION) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi bilan yakunladik. Har ikki tashkilot rahbarlari — Anatoliy Bachikalov va Mirpayoz Mirsaatov imzo chekdilar.

«Ushbu memorandumning imzolanishi O‘zbekistonda alkogolsiz tetiklashtiruvchi ichimliklarning ochiq va teng huquqli bozorini yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir,dedi CRPT TURON bosh direktori Anatoliy Bachikatov. — Raqamli markirovka tizimini joriy etish tarmoq va savdo ishtirokchilarini, shuningdek, bevosita iste’molchilarning o‘zini ishlab chiqarish va logistikaning turli bosqichlaridan shaffof va ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash imkonini beradi. Uyushma bilan hamkorligimiz ushbu segmentda mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishda shaffoflikni oshirish maqsadida sa’y-harakatlarni birlashtirish imkonini beradi, bu esa iste’molchilarning sifat va xavfsizlik huquqini himoya qilishga yordam beradi».

Memorandum imzolanishini o‘z ichiga olgan «Markaziy Osiyo bozorida alkogolsiz tetiklashtiruvchi ichimliklarni ishlab chiqarish va sotish» maxsus sessiyasi Central Asia Retail Week 2024  Xalqaro elektron tijorat va chakana savdo forumining asosiy voqealaridan biriga aylandi. Forum O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida 15 oktyabrdan 19 oktyabrgacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi va Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarining eng yaxshi tajribalari va keyslarini almashish uchun tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring