Buxoroda kadastr muhandisi qo‘lga olindi
Buxoroda tadbirkorning binosini foydalanishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan kadastr muhandisi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Kadastrlar palatasi Qorovulbozor tumani filiali yetakchi muhandisi M.S. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, tumandagi “Bo‘zachi” MFY hududida joylashgan tadbirkor J.S.ga tegishli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ob’yekti binosini Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazishi va foydalanishi uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga fuqaro A.X.dan 3 000 AQSh dollarini olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter