Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi

Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan tumanidagi «Nam Motor Servis» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

To‘rt gektardan ortiq hududda joylashgan ushbu investitsion loyihaning dastlabki bosqichi 2021-yilda ishga tushirilgan. Xitoydan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatildi. Natijada yiliga o‘n ming dona elektr dvigatel, ikki ming dona suv nasosi ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Yuz kishi ish bilan ta’minlandi.

Korxona mahsulotlari energiya tejamkorlik klassining «IE2» darajasida bo‘lib, xalqaro standartlarga javob beradi. Ular mamlakatimizdagi kon-metallurgiya kombinatlari, suv xo‘jaligi hamda Markaziy Osiyo davlatlariga yetkazib berilmoqda. 

Yana bir muhim jihati, elektr dvigatellar ishlab chiqarish 60, suv nasoslari 100 foiz mahalliylashtirilgan. 

Prezidentimizga korxonaning istiqboldagi rejalari, navbatdagi bosqichlar haqida ma’lumot berildi.

Loyihaning ikkinchi bosqichi may oyida, yakuniy bosqich esa yil oxirigacha ishga tushadi. Natijada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi ortib, hamkorlik geografiyasi kengayadi. Yana 160 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Xususan, bu yerda 2,2 ming tonna emallangan sim, 6 ming dona elektr dvigatel, 4 ming dona katta hajmdagi suv nasosi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu qo‘shimcha 500 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari, degani.

Boshqa tarmoqlar va korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring