Yashirin 424 mlrd so‘m: O‘zbekiston noqonuniy tamakida pullarni qanday boy bermoqda?
O‘zbekistonda noqonuniy tamaki mahsulotlari aylanmasi – bu shunchaki iqtisodiy muammo emas, balki iqtisodiyotga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy adolatga daxl qiluvchi ko‘p qirrali chaqiriqdir. 2024 yilning 10 oyi davomidagi ma’lumotlar tahlilida aks etgan 424,1 mlrd so‘m miqdoridagi davlat budjeti yo‘qotishlari va 9,8 foizli noqonuniy bozor ulushi – bu aysbergning cho‘qqisi, xolos.
Bu raqamlar ortida chuqur tahlil va kompleks yechimli yondashuvni talab qiluvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yashirin. Soliq, bojxona va boshqa organlar faol choralar ko‘rishyapti va ularning faoliyati muayyan natijalar bermoqda. Biroq, muammoning ko‘lami sa’y-harakatlarni yanada jonlantirishni talab qiladi.
O‘zbekistonda hududlar bo‘yicha noqonuniy tamaki aylanmasining taqsimoti nihoyatda nomutanosib. Farg‘ona vodiysi va Namangan viloyati inqirozli vaziyatni ko‘rsatmoqda. Chunonchi, Farg‘ona vodiysida noqonuniy savdoning o‘rtacha ko‘rsatkichi 18,1%ni tashkil qiladi. Biroq, boshqa shaharlarda vaziyat yanada xavotirli: Qo‘qon - 29,9%, Marg‘ilon - 25,2%. Bu mana shu nuqtalarda noqonuniy bozor gullab-yashnashiga xizmat qiluvchi mahalliy omillar borligiga dalolat qiladi.
Namangan viloyatida noqonuniy aylanma ko‘rsatkichi 27,4 foizga yetadi, bu mintaqada nazorat va huquq qo‘llanilishi borasida jiddiy muammolar borligiga ishora qiladi.
Jizzax viloyatida noqonuniy aylanma (14,5%) Farg‘ona vodiysi va Namangan viloyatidagiga qaraganda kamroq, lekin, baribir, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori va e’tiborni talab qiladi. Ushbu mintaqalar muqobilida, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi anchayin past ko‘rsatkichlarni namoyish etadi (3,2-4,4%), bu samaraliroq nazorat yoki noqonuniy bozor o‘sishini ushlab turuvchi boshqa omillarga ishora qiladi.
Hatto Toshkent viloyatida ham, nisbatan past o‘rtacha ko‘rsatkichga qaramay (7,8%), shaharlararo tafovut kattalagi kuzatiladi. Masalan, Angren (10,2%) Olmaliqdan (2,7%) keskin farq qiladi. Bu noqonuniy tamaki aylanmasiga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqishda mahalliy omillarni hisobga olish muhimligini bo‘rttirib ko‘rsatadi. (Bu shaharlardagi aholi soni va tamaki mahsulotlar savdosining infratuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shiladi)
Noqonuniy tamaki savdosi hajmlarida yorqin mintaqaviy tafovut muammoning ko‘lamiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli omillar mavjudligiga ishora qiladi. Farg‘ona vodiysi va Namangan viloyatidagi yuqori ko‘rsatkichlar quyidagilarga bog‘liq bo‘lishi mumkin:
- Geografik omillar. Murakkab tog‘li relef va chegaraoldi hududi kontrabanda mahsuloti oqimlari ustidan nazoratni murakkablashtiradi.
- Iqtisodiy omillar. Ayrim tumanlarda aholi daromadlari darajasining pastligi arzonroq, noqonuniy sigaretlarga talabni rag‘batlantirishi mumkin.
- Ijtimoiy omillar. Chekish an’analari, huquqni qo‘llashning zaifligi va mahalliy hokimiyat tomonidan ehtimoliy haybarakallachilik noqonuniy bozor gullab-yashnashi uchun qulay muhitni yaratishi mumkin.
Ayrim mintaqalardagi nisbatan past ko‘rsatkichlar esa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan samaraliroq nazorat yoki pastroq talab natijasi bo‘lishi mumkin. Biroq, hatto mintaqalarning ichida ham salmoqli farqlar kuzatiladi, bu muammoning ko‘pbosqichli xarakterga egaligini tasdiqlaydi.
Noqonuniy tamaki aylanmasiga qarshi kurash uchun mintaqaviy nomutanosiblik sabablarini sinchliklab tadqiq qilish lozim. U aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlarni, mintaqalar iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlilini, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va bojxona xizmatlari faoliyatining samaradorligini o‘rganishni o‘z ichiga olishi kerak. Faqat sabablarni chuqur tushunish asosidagina noqonuniy savdoga qarshi kurashning samarali strategiyalarini ishlab chiqsa bo‘ladi.
Noqonuniy tamaki aylanmasi muammosining yechimi chegarada nazoratni kuchaytirish bilangina kifoyalanib qolmasligi kerak. Kompleks yondashuv talab etiladi: nazoratni kuchaytirish va qonunbuzarlik uchun jazolash, qonuniy tamaki mahsulotiga soliq yuklamasini pasaytirish - bu mazkur mahsulotni noqonuniy tovarga nisbatan yanada raqobatbardoshroq qilishda yordam beradi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va aholini chekishning zararli ta’siridan xabardor qilishga qaratilgan keng ko‘lamli axborot kampaniyalarini o‘tkazish, qo‘shni mamlakatlar bilan kontrabandaning oldini olishga qaratilgan hamkorlikni kuchaytirish lozim bo‘ladi.
Chuqur tahlil va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olishga asoslangan kompleks yondashuvsiz noqonuniy tamaki aylanmasi muammosi O‘zbekistonda bundan buyon ham jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelaveradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter