Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura 13 yoshli qiz bilan yuz bergan holat bo‘yicha bayonot berdi

Prokuratura 13 yoshli qiz bilan yuz bergan holat bo‘yicha bayonot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Andijon viloyatida voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganligi haqida xabarlar e’lon qilingan.

Aniqlanishicha, Asaka tumanida istiqomat qiluvchi ayol voyaga yetmagan farzandiga (13 yoshli qiz bola) nisbatan qo‘shni bo‘lgan er-xotinlar uyatsiz-buzuq harakatlar qilganligi haqida ichki ishlar organiga murojaat qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, fuqaro A.B. va uning turmush o‘rtog‘i  Yu.T.larni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rish uchun sudga yuborilgan.

Sudning tegishli qarori bilan A.B.ga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va turmush o‘rtog‘i Yu.T.ga nisbatan eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Mazkur sud qaroridan norozi bo‘lib berilgan appelyasiya shikoyati qanoatlantirilmagan.

Hozirda Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan mazkur sud hujjatlari o‘rganilmokda.

Mazkur masala Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring