Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ovozli xabar tarqatgan rais jarimaga tortildi

Ovozli xabar tarqatgan rais jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyatidagi mahalla raisining paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligi bo‘yicha tarqalgan ovozli xabari yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida Shahrisabz tumanidagi «Paxtakor» MFY raisi L.O‘roqov 2024 yil 9 oktyabr kuni Nushkent qishlog‘ining «Nushkent birlashaylik» telegram kanaliga ushbu ovozli xabarni yuborib, ishsiz fuqarolarni paxta yig‘im-terimiga chaqirganligi, shundan so‘ng ular terimga kelganligi ma’lum bo‘ldi. 

Holat yuzasidan L.O‘roqovga nisbatan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (18 750 000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi. 

«Unutmang! Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining  148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.

Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsangiz  Bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari yoki 1282 - qisqa raqami hamda @munosibmehnat_bot telegram boti orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishlaringiz mumkin!», deyiladi inspeksiya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring