Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotida o‘g‘rilar ushlandi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2024 yil 15 avgust kuni Toshkent – Kuala-Lumpur (Malayziya) yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirgan qatnovida (HY553) yo‘lovchilarning qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlashga urinish sodir bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.
Qayd qilinishicha, samolyot Kuala-Lumpurga yetib borgach, havo kemasi ekipaji tomonidan politsiya chaqirilgan. Ekipaj huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda havo kemasini ko‘zdan kechirish jarayonida barcha buyumlar topilgan. Gumon qilingan chet el fuqarolari shu joyning o‘zida ushlangan va vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Malayziya politsiya xizmatiga olib ketilgan.
Aviakompaniya yo‘lovchilarning qo‘l yuki uchun javobgar emasligini, qimmatbaho buyumlar va pul mablag‘lari har doim yo‘lovchining o‘zida turishi kerakligini eslatgan. Bundan tashqari, jomadonlarni qat’iy ravishda o‘rindiq tepasida joylashtirish tavsiya etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter