Turkiyada besh nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
Turkiyada besh nafar o‘zbekistonlik spirtli ichimlik sabab vafot etdi.
2025-yil 14-yanvar kuni Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga qo‘lbola spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlanib vafot etgan 5 nafar yurtdoshlarimizning yaqin qarindoshlari murojaat qildi. Ushbu noxush holatlar Istanbul shahrining Aksaray tumanida sotib olingan spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yuzaga kelgan.
Vafot etgan fuqarolarimiz asosan 35–40 yoshdagi erkaklardir.
Shu munosabat bilan, Istanbul shahridagi Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va ehtiyotkorlikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avval Andijon va Samarqandda ham fuqarolar spirtli ichimlik sabab vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter