Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi
Kecha, 10 oktyabr kuni soat 23:30 larda Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida fojiali yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, 1984 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan «Spark» hamda 2004 yilda tug‘ilgan I.T. boshqaruvida bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan.
YTH natijasida «Spark» haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomashina ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilari hamda «Matiz» haydovchisi birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter