Oqqo‘rg‘onda o‘g‘il va kelin baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
Kuni kecha, 26 noyabr kuni Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi «Sultonobod» mahallasi, Sultonobod ko‘chasida fuqaro Sh.D. xonadonida fojiali holat sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Sh.D.ning ushbu xonadonda yashovchi o‘g‘li va kelini baxtsiz hodisa (dastlabki xulosalarga ko‘ra, is gazi) oqibatida vafot etishgan.
Oqqo‘rg‘on tumani hokimining tegishli qarori bilan mazkur hodisaning sabablarini tekshirish bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibi tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter