Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chorvoq»da fuqaro suv ustida skuter boshqaruvini yo‘qotib odamlar o‘limiga sabab bo‘ldi

«Chorvoq»da fuqaro suv ustida skuter boshqaruvini yo‘qotib odamlar o‘limiga sabab bo‘ldi

20-iyul, shanba kuni soat 14:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Chorvoq» suv omborining «Burchmulla» suv havzasida 2 kishining o‘limi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, dam olish maskaniga kelgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 19 yoshli fuqaro skuterni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga borib urilgan.

Buning oqibatida katamaranda bo‘lgan 2 nafar Farg‘ona viloyatidan kelgan fuqaro tan jarohati olgan. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida fuqarolar olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring