32 yoshli shaxsning o‘smirga qo‘l ko‘targani sababi aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta kishining o‘smir bolaga qo‘l ko‘targani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
Joriy yilning 16 sentyabr kuni Sergeli tumani 5-mavze hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida, 1992 yilda tug‘ilgan M.I. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan T.T.ni bir necha marotaba urgan. Bunga sinfdoshlar: M.I.ning qizi va T.T.ni ukasi o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan.
Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, voyaga yetmagan T.T.ga «Chap ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi» tashxisi qo‘yilgan.
«Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter