Yaponiyaning Fudziyama tog‘ida «qorsiz rekord» qayd etildi
Yaponiyaning mashhur Fudziyama tog‘i cho‘qqisida qor yo‘qligi bo‘yicha tarixiy rekord qayd etildi. 130 yillik kuzatuvlar tarixida ilk marotaba oktyabr yakuniga kelib cho‘qqida qor qoplami hosil bo‘lmadi, deb xabar berdi Phys.org.
Oldingi yillari oktyabrning ilk kunlaridayoq tog‘ qor bilan qoplanardi. Masalan, 2023-yilda Fudzida birinchi qor 5-oktyabrda yoqqan.
Ammo juda issiq harorat tufayli bu yil Yaponiyaning eng baland tog‘ida qordan asar ham yo‘q. So‘nggi marta «qorsiz rekord»lar 1955 va 2016-yillarning 26-oktyabrida qayd etilgan.
Meteorologlarning aytishicha, yuqori harorat sentyabr mobaynida salqin havo kirib kelishiga yo‘l bermadi. 2024-yil yozi Yaponiya tarixidagi eng issiq yoz bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter