Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi bosh vazirning rejasi Tokio birjasini qulatdi

Yangi bosh vazirning rejasi Tokio birjasini qulatdi

Foto: Depositphotos

Yaponiyadagi 225 ta yirik kompaniya aksiyalari kurslarini aks ettirib boradigan Tokio fond birjasi (Nikkei) asosiy indeksi dushanba kungi savdolarda keskin 4,65 foiz pasayib, 38 063 punktgacha tushdi. Investorlar mamlakatning bo‘lg‘usi bosh vaziri Sigeru Isibaning iqtisodiy siyosatidan xavotirga tushishi bunga sabab bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Birja savdosi yopilishida indeks 37 845 punktgacha tushdi — kun davomidagi yakuniy qulash 4,8 foizni tashkil qildi.

«Pul-kredit siyosatini normallashtirish zarur», — degan edi bosh vazirlik uchun saylovdagi g‘alabasidan so‘ng Isiba.

Yaponiya banki (Markaziy bank) bozorni rag‘batlantirish va uzoq yillik deflyasiyadan chiqish uchun so‘nggi yillarda o‘ta yumshoq pul siyosatini yurgizib kelayotgandi. Regulyator shu yil bahorida 17 yilda birinchi marta manfiy ko‘rsatkichli asosiy foiz stavkasini oshirdi, iyul oxirida esa uni inflyasiya maqsadli ko‘rsatkichidan oshadigan 0,25 foizgacha ko‘tardi.

Shundan so‘ng Yaponiya banki tanqidlarga uchradi. Yomon iqtisodiy statistika sharoitida pul-kredit siyosati qattiqlashtirilishi avgust oyi boshida butun dunyoda fond bozorlari qulashiga olib kelgan asosiy omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring