Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urush boshidan buyon Rossiyaning chegara hududlarida qancha odam halok bo‘lgani aytildi

Urush boshidan buyon Rossiyaning chegara hududlarida qancha odam halok bo‘lgani aytildi

2022–2024-yillarda Ukraina bilan chegarada joylashgan Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlarida 398 kishi halok bo‘ldi, 1157 kishi jarohatlandi, deya ma’lum qildi Rossiyadagi Inson huquqlari bo‘yicha komissari (ombdusmen) Tatyana Moskalkova.

Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati Belgorod viloyatiga to‘g‘ri keladi. Iyul oyida Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov 2,5 yil ichida mintaqada 200 dan ortiq odam halok bo‘lganini aytgandi.

Rossiyaning chegaradosh hududlari, qo‘shni Ukraina hududlari kabi, doimiy ravishda o‘qqa tutiladi va uchuvchisiz moslamalar (dronlar) hujumiga duchor bo‘ladi.

Avgust oyi boshida Ukraina qurolli kuchlari bostirib kirgan Kursk viloyatining bir qancha tumanlarida esa shiddatli janglar ketmoqda.

Moskalkovaning so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatidan Moskva viloyatiga ruhiy holati buzilgan 500 kishi olib ketilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring