Turkiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Turkiyaning Malatya viloyatining Kale hududida 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi.
Bu haqda Turkiya hukumatining Tabiiy ofatlarning oldini olish va boshqarish boshqarmasi xabar berdi.
Yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 10:46 da qayd etilgan.
Zilzila manbai 10,07 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Zilziladan so‘ng uchta bino qisman qulab tushdi, biroq qurbonlar yo‘q, deb xabar berdi mamlakat ichki ishlar vazirligi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter