Suriyadagi vaziyatda Moskva o‘z maqsadlariga erishdi – Putin
Bugun, 19 dekabr kuni RF prezidenti Vladimir Putin yil yakunlari bo‘yicha jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumanida qatnashdi.
Anjumanda, jumladan, Putindan Suriya va Rossiyaning u yerdagi ta’sir doirasi haqida so‘raldi.
«Suriyada sodir bo‘layotgan vaziyat Rossiya uchun mag‘lubiyat emas va Moskva u yerda o‘z maqsadlariga erishdi. Ya’ni, terrorchilik anklavi yaratilishiga yo‘l qo‘ymadik. U yerda hokimiyat teppasiga terrorchilar emas, boshqa kuchlar keldi.
Biz Suriyaga qo‘shin olib kirmaganmiz, u yerda bizning faqat 2 ta harbiy bazamiz bor. Hozir biz u yerda hukumatni egallab olgan barcha guruhlar bilan aloqada bo‘lib turibmiz. Ularning aksariyati bizni u yerda qolishimizni xohlaydi. Biz harbiy bazalardan Suriyaga gumanitar yordam yetkazish uchun foydalanishni taklif qildik», – dedi Putin jurnalistning savoliga javoban.
U, shuningdek, ayni paytda Rossiyaning Suriyada harbiy bazalarini saqlab qolish kerakmi yoki yo‘q, degan masala o‘z yechimini kutayotganini aytdi. Bundan tashqari, Rossiya prezidentiga ko‘ra, mamlakatning oldida Suriyadagi yangi hukumat bilan munosabatlarni qanday shakllantirish kerakligi haqidagi savol turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter