Suriya davlat xizmatchilarining maoshlari 400 foizga oshiriladi
Suriya muvaqqat hukumati fevraldan davlat sektorining ko‘plab xodimlari maoshlarini 400 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vazirligi rahbari Muhammad Abazid bayonot berdi.
Mamlakatda 13 yil davom etgan nizolar va sanksiyalardan so‘ng iqtisodiyotni barqarorlashtirish choralari doirasida ushbu qarorga kelindi, deb yozdi Arab News.
Muhammad Abazidning aytishicha, Suriya davlat sektori xodimlari Bashar Asad prezidentligi davrida oyiga 25 dollar maosh olgan va mamlakatning aksariyat aholisi singari qashshoqlikka mahkum etilgan.
Ish haqlari oshirilishi Suriya budjetiga 125 mln dollar (1,65 trln suriya funti)ga tushadi. Moliyalashtirish hududiy yordam dasturlari, yangi sarmoyalar, mamlakatning xorijda muzlatilgan aktivlarini «eritish» (ular jami 400 mln dollargacha bo‘lishi mumkin), shuningdek, Damashq nazorati ostidagi zaxiralardan tushadigan foyda hisobidan qoplanishi aytilmoqda.
Suriyada davlat xizmatchilari soni 1,3 mln nafarga yaqin bo‘lib, tegishli ta’lim darajasi, tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lganlarning maoshlari oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter