Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya G‘arb samolyotlarini portlatishga urinishda ayblandi

Rossiya G‘arb samolyotlarini portlatishga urinishda ayblandi

Rossiya maxsus xizmati AQSh va Kanadaga uchayotgan samolyotlarda yong‘in va portlash keltirib chiqarish maqsadida maxsus yonuvchi vositalar yuborgan, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ) nashri 4 noyabr kuni.

Joriy yil iyul oyida DHL shirkatining Leypsig (Germaniya) va Birmingem (Buyuk Britaniya) shaharlaridagi naqliyot markazlarida yong‘in kelib chiqqan edi.

Tekshiruvlarda yong‘in elektr massajyor qurilmasi ichiga o‘rnatilgan yonuvchi moddalar sababli kelib chiqqani aniqlangan.

WSJ  nashrining G‘arb maxsus xizmatlaridagi manbalariga ko‘ra, ushbu qurilmalar AQSh va Kanadaga uchayotgan samolyotlar ichida yonishi va uchoq halokatiga olib kelishi maqsad qilingan.

Ikki qurilma sinov tariqasida yuborilgani, Rossiya Vashington va uning ittifoqchilariga qarshi yanada keng ko‘lamli diversiya amaliyotini rejalashtirgani taxmin qilinmoqda.

Joriy yil oktyabr oyida Polsha prokuraturasi DHL shirkati omborlarida ro‘y bergan yong‘inga aloqador to‘rt kishi hibsga olingani, yana ikki gumondor qidirilayotganini ma’lum qilgandi. Hibsga olinganlarga nisbatan xorijiy davlat topshirig‘i asosida terror amaliyotini uyushtirishda qatnashish ayblovi ilgari surilgan.

Agar qurilmalar omborda emas, balki samolyotlarda yonganida, Moskvaning bu amaliyoti jiddiy oqibatlarga olib kelar edi deb hisoblaydi Polsha tashqi razvedka xizmati rahbari Pavel Shota.

«Agar paketlardan biri portlab ommaviy qurbonlar berilganida nima bo‘lardi edi? Rossiya siyosiy yetakchilari buning oqibatini anglaganiga shubham bor», – degan P.Shota.

Boshqa G‘arb davlatlari maxsus xizmatlari ham xavfli jo‘natma amaliyoti ortida Rossiya tashqi josuslik xizmati turganini aytgan.

Kreml bu aylovlarni rad etgan. «Bu OAVning an’anaviy uydirmasi, dalillarsiz gap», – degan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring