Referendum: qozog‘istonliklarning 71 foizdan ortig‘i AES uchun ovoz berdi
Joriy yil 6-oktyabr kuni Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Unda qog‘ozistonliklar mamlakat atom energiyasiga muhtojmi yoki yo‘qligini hal qilishdi.
Bugun, 7-oktyabr kuni Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan brifingda referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi.
Qozog‘iston MSK rahbari Nurlan Abdirovning ta’kidlashicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berishda saylovchilarning 63,66 foizi (7 mln 820 ming 204 kishi) ishtirok etgan.
«Ulardan 71,12 foizi, ya’ni 5 mln 561 ming 937 nafari AES qurilishini qo‘llab-quvvatladi, deyarli 2 mln 450 ming 270 kishi qarshi chiqdi. Referendumda ovoz bergan qozog‘istonliklarning 82 mingdan bir oz ko‘prog‘i esa ikkala javob variantini ham qabul qildi», – deydi Abdirov.
Referendumda qatnashish huquqiga ega fuqarolar ro‘yxatiga jami 12 mln 244 ming 683 kishi kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter